21:08 / 01.06.2017
21811

Saudiya Arabistoni sharqida portlash yuz berdi

Foto: alarabiya.net

Saudiya Arabistonining sharqida joylashgan Al Katif shahri ko‘chalaridan birida portlash yuz berdi. Ayni damda jabrlanganlar haqida ma'lumot mavjud emas. Bu haqda Al-Arabiya telekanali xabar bermoqda.

Ma'lum qilishlaricha, minalashtirilgan avtomobil portlab ketgan. Voqea joyidan olingan suratlarda avtomobilning yonayotgan bo‘laklarini va havoga ko‘tarilayotgan qora tutunni ko‘rish mumkin.

Saudiya qirolligidagi Al Katif shahrida shialar ko‘p bo‘lib, aholining oz qismini sunniylar tashkil etadi.

Top