Şimoliy Koreyada Ryonghung iPad planşet kompyuteri yaratildi. Uni işlab çiqargan Myohyang IT Company bu gadjyetni qisqagina iPad deb atamoqda.
Yangi qurilma 4 yadroli protsessorda işlaydi, u gigabayt tezkor xotiraga va 8 gigabayt içki xotiraga ega. Qurilmaga Şimoliy Koreya axborot-kommunikatsiya sohasi uçun mutasaddi taşkilotning sertifikati olingan. Planşet xaridorlar orasida ança ommalaşgan.
Planşet bir qator funksiyalarni bajara oladi, jumladan turli axborot manbalarini öqiy oladi, idora işlarini bajariş va hujjatlar bilan işlaşga möljallangan. Unda 40 dan köproq dastur, jumladan kalkulyator, salomatlik ensiklopediyasi va tibbiy servis Good Doctor 3.0 örnatilgan.
Planşet töplamiga tarmoq adapteri va klaviatura ham kiritilgan.













