16:51 / 01.06.2017
13458

Toshkent viloyatida 200 mln so‘mni naqdlashtirmoqchi bo‘lgan olg‘ir firibgar ushlandi

Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi 1993 yilda tug‘ilgan N.R. (ism-sharif o‘zgartirilgan) o‘zini mansabdor shaxs deb tanishtirib, moddiy manfaatdorlik evaziga ishlarini bitirib berishini aytib, fuqarolarni aldab firibgarlik yo‘lini tutadi.

1985 yilda tug‘ilgan Sh.A.ni ishonchiga kirib, “yer hujjatlarini rasmiylashtirib berish” vaji bilan 500 AQSh dollari miqdoridagi pullarini olib ketib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi. Bu haqda Toshkent IIBda tashkil etilgan matbuot brifingida ma'lum qilindi. 

Undan ham ustasi farang firibgar 1971 yilda tug‘ilgan N.V. bo‘lib chiqdi. U Zangiota tumanida joylashgan kushxonasida “6 foiz evaziga naqd qilib beraman” deya aldab, Toshkent shahrida yashovchi tadbirkor 1980 yilda tug‘ilgan B.M.ning 200 000 000 so‘m puli bo‘lgan plastik kartochkasini olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan.

Hozirda ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top