18:32 / 01.06.2017
5033

Huntelaar «Ayaks»ga qaytdi

«Shalke» hujumchisi Klas-Yan Huntelaar faoliyatini Niderlandiyada davom ettiradi.

33 yoshli futbolchi «Ayaks»ga qaytgan. U bugun amsterdamliklar klubi bilan shartnoma imzolagan.

Ma'lumot uchun, faoliyatini «PSV»da 2002 yilda boshlagan ushbu hujumchi, keyinroq «De Grafshap» va «Herevnven» jamoalarida o‘ynagan, u «Ayaks» safida 2006 yildan 2008 yilgacha to‘p surgan. Keyinroq faoliyatini «Real» (2008-09), «Milan» (2009-2010) va «Shalke» (2010-17) jamoalarida davom ettirgandi.

Mavzuga oid
Top