00:41 / 01.06.2017
9881

Usmonov Navalniydan aksilkorruptsion tergov haqidagi rolikning to‘liq o‘chirilishini so‘ramagan

Foto : AGN "Moskva"

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov muxolifatchi Aleksey Navalniydan aksilkorruptsion tergovi haqidagi rolikni to‘liq o‘chirishni emas, balki Usmonovning sha'niga putur yetkazuvchi qismlarinigina o‘chirib tashlashni talab qilgan. Bu haqda Usmonovning matbuot xizmati ma'lum qildi.     

Avvalroq Moskvadagi sud Usmonovning Navalniyga qarshi sha'n va qadr-qimmatni himoya qilish bo‘yicha shikoyatini qondirdi. Sudya Navalniyga u tomondan tadbirkor haqida tarqatilgan ma'lumotlarni rad etish va o‘z saytidan aksilkorruptsion tergovi haqidagi rolikni o‘chirib tashlash majburiyatini qo‘ygan. Navalniy sudning qarori ustidan shikoyat qilishini, videorolikni esa o‘chirmasligini aytgan.

"Sud o‘tmasidan, Navalniy yana yolg‘on gapirishni boshlamoqda. Uning aytishicha, u o‘zining roligini o‘chirmaydi. Biroq A.B.Usmonovning talabi va sud qaroriga ko‘ra, bu rolik va Navalniyning Youtube’da va o‘z saytlaridagi boshqa materiallaridan janob Usmonovning sha'ni va obro‘siga putur yetkazuvchi qismlari o‘chirib tashlanishi kerak", deb aytilgan Usmonov matbuot xizmatida. 

Ta'kidlanishicha, shikoyat "Navalniyni butun rolikni o‘chirishga majburlamasligi" aytilgan.

"Navalniy navbatdagi marta jamoat fikrini chalg‘itishga harakat qilmoqda, bu esa taajjub emas, balki nafrat uyg‘otmoqda. Xulosalar chiqarish uchun sudning rasmiy hujjatini kutishni taklif qilamiz", deyilgan Usmonov matbuot xizmati bayonotida.

Top