08:20 / 02.06.2017
40955

Dunyodagi eng qimmat harbiy kema qaysi davlatga tegishli?

Foto: Flickr / Official U.S. Navy Page

Kema quruvchilari AQSh harbiy-dengiz kuchlariga Gerald R. Ford aviatashuvchisini topshirishdi, deyiladi Amerika floti bayonotida.

Xabar qilinishicha, kemani qabul qilib olish bo‘yicha sinovlar 26 may kuni bo‘lib o‘tgan.

Kutilishicha, aviatashuvchi faqatgina 2020 yilga kelib to‘laqonli foydalanishga tayyor bo‘ladi, bunga qadar esa jangovar va muhandislik tizimlarini ishlab chiqish maqsadida bir necha marotaba dengizga chiqariladi.

USS Gerald R. Ford aviatashuvchisi taxminan 13 milliard dollar qiymatga ega bo‘lib, dunyodagi eng qimmat harbiy kema sanaladi. U 2009 yilda qurila boshlanib, 2014 yilda tugatish rejalashtirilgandi.

Top