Italiyada «Ndrangeta» Kalabriya mafiyasining yetakchilaridan biri Juzeppe Jorji qo‘lga olindi. U 1994 yildan beri yashirinib kelgan. Endilikda Jorji giyohvand moddalarning xalqaro savdosi bo‘yicha ayblov tufayli 28 yilga ozodlikdan mahrum etilishi va to‘qqiz oylik qamoqqa mahkum etilishi mumkin, deb xabar bermoqda La Stampa.

Jorji San-Luka kommunasidagi o‘z uyida qo‘lga olingan, u bu yerda maxsus bunker ham qurib olgani aytilmoqda. 56 yoshli jinoyatchini qo‘lga olish uchun karabinerlar jalb etildi.

Ta'kidlanishicha, Jorji Italiyaning eng xavfli besh jinoyatchisi ro‘yxatiga kirgan.