00:16 / 02.06.2017
5575

Kobuldagi portlash qurbonlari soni 100 kishiga yetdi

Kobuldagi portlash qurbonlari soni 100 kishiga yetdi, jarohatlanganlar soni 600 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Tolo News telekanali xabar bermoqda.   

Avvalroq 9 kishi halok bo‘lgani, 380 kishi jarohat olgani ma'lum qilingandi.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni oshishi mumkin, chunki fojia joyida qutqaruv-qidiruv operatsiyasi davom etmoqda. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, ko‘p odamlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. 

Kobulda 31 may kuni ertalab prezident saroyi va elchixonalar binolari yaqinida kuchli portlash sodir etildi. Ushbu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan. Afg‘oniston maxsus xizmatlari teraktni "Haqqoniy tarmog‘i" terrorchilik guruhi rejalashtirgan va unga Pokiston razvedkasi aloqador bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Top