17:08 / 02.06.2017
18925

«Quruq barg». Futbolchi burchak to‘pidan to‘g‘ri darvozani nishonga oldi

Braziliyaning «Atletiko Mineyru» klubining venesuelalik yarimhimoyachisi Romulo Braziliya Kubogi chorak finalining «Parana»ga qarshi uchrashuvda chiroyli gol muallifi bo‘ldi, deb yozmoqda Globoesporte internet-nashri.

Venesuelalik futbolchi uchrashuvning 41-daqiqasida burchak to‘pini aylanma zarba bilan to‘g‘ri darvozaga aniq yo‘llab hisobni ochgandi. To‘p darvoza ustuniga tegib to‘rdan joy olgan.

Uchrashuvdagi yakuniy hisobni (2:0) Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Fred tomonidan kiritilgan gol o‘rnatdi.

Top