16:50 / 02.06.2017
15459

Zidan YeChL finali oldidan «Real» futbolchilarini ruhlantirishning antiqa usulini topdi

«Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Yevropa chempionlar ligasining «Yuventus»ga qarshi finali oldidan futbolchilarga motivatsiya berish uchun kino qo‘yib berishga qaror qildi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, fransuz mutaxassisi buning uchun 2006 yilda rejissyor Zak Snayder tomonidan suratga olingan «300 spartalik» filmini tanladi. Futbolchilar kinoning eng yorqin lahzalarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Murabbiy bu orqali futbolchilar spartaliklar sardori Leonid va uning jangchilari kabi ruhga ega bo‘lishini istagan. Uning fikricha, filmni tomosha qilish futbolchilarga qo‘shimcha motivatsiya beradi.

Mazkur film yozuvchi Frenk Millerning asariga asoslangan bo‘lib, voqea Fors shohi Kayxusravning minglab askarlarini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan 300 spartalik bahodir haqida boradi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionlar ligasining «Real» va «Yuventus» o‘rtasidagi  final uchrashuvi 3 iyun kuni Uels poytaxti Kardiffdagi «Millenium» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Top