09:33 / 03.06.2017
5832

Chilida diktator Pinochetga ishlagan 106 kishi 43 yil avvalgi jinoyatlari uchun sudlandilar

Foto:Fenix

Chilida 1974 yil 17 iyunda va 1975 yil 6 yanvarda So‘l inqilobiy harakatning 16 a'zosini o‘g‘irlaganlik va noqonuniy hibsga olganlik uchun 106 kishi sudlandi. Gap mamlakatning sobiq diktatori Augusto Pinochetning maxfiy politsiyasi DINA a'zolari haqida ketmoqda.
 
Santyago shahri sudi ularni turli muddatlarga: 1,5 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qildi. Eng katta jazo muddatlarini iste'fodagi generallar Sesar Manrikes Bravo, Raul Iturriaga Neumann, maxfiy politsiyaning sobiq brigadirlari Pedro Oktavio Espinosa i Migel Krasnov oldilar. Ta'kidlanishicha, Krasnov rus kazaklari atamani va SS brigadenfyureri Pyotr Krasnovning avlodi hisoblanadi.

Odamlar "Kondor" operatsiyasining bir qismi hisoblangan "Kolombo" operatsiyasi davomida o‘g‘irlanganlar. Bu operatsiya davomida Lotin Amerikasidagi diktatorlik tuzumlari o‘zlarining siyosiy raqiblarini jismonan yo‘q qilganlar. O‘g‘irlangan odamlar maxfiy turmalarga joylashtirilganlar. Shundan keyin hech kim ularni na tirik, na o‘lik holda ko‘rgan. 

Mavzuga oid
Top