Daniya parlamenti shakkoklik uchun jazoni ko‘zda tutuvchi moddaning bekor qilinishi uchun ovoz berdi, deb yozmoqda The Guardian nashri.

Ushbu jazo Daniya qonunchiligida u yoki bu ko‘rinishda 1683 yildan beri mavjud bo‘lgan.

Daniyada ayni vaqtda amal qiluvchi Jinoyat kodeksi 1930 yilda kuchga kirgan. Shu vaqtdan keyin shakkoklik uchun bor-yo‘g‘i ikkita jazo hukmi chiqarilgan.