18:53 / 03.06.2017
27592

Ekspert: «Afg‘onistondagi vaziyat endi tashvishli emas, u halokatli bo‘lishga juda yaqin»

«Tojikistonda o‘tkazilgan harbiy mashqlar faqat kuch-qudrat namoyishi emas, Markaziy Osiyo qurolli kuchlarini jangarilarning ehtimolli hujumiga tayyorlashdan iborat», — degan qirg‘izistonlik siyosatshunos Mars Sariyev Dushanbeda o‘tayotgan «Antiterror–2017» mashqlarining yakunlovchi bosqichi haqida StanRadar.com’ga so‘zlab berar ekan.

Ekspertning fikricha, radikal tashkilotlar yetakchilari Rossiyaning Suriyadagi harbiy kampaniyada ishtirok etayotganidan norozi ekanligi haqida ommaviy axborot vositalarida xabarlar paydo bo‘lgan.

«Jangarilar o‘z tarafdorlarini Rossiyada barqarorlikni izdan chiqarib, «urushni uning hududiga ko‘chirish»ga chaqirgan. Aynan shu maqsadda hozir Afg‘oniston shimolida IShID terrorichilik tashkiloti qurolli kuchlari to‘planmoqda. Ular Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston orqali Rossiyaga kirib borishni mo‘ljallashgan. Jangarilar yo‘l solishni mo‘ljallagan davlatlarning barchasi radikal guruhlarning ehtimolli hujumlariga tayyor bo‘lib turishi kerak», — degan u.

Sariyevning so‘zlariga ko‘ra, diqqat-eʼtibor fokusi yana Suriyadan Markaziy Osiyoga qaytmoqda. Siyosatshunosning fikricha, amalda Suriya parchalanib bo‘ldi va hozirga kelib yagona davlat emas, alohida hududlar va ta'sir doiralaridan iborat bo‘lib qoldi.

«Suriya yo‘nalishi bo‘yicha faol harakatlarini yakunlashgach, jangarilar yangi nishon tomon yuz tutishadi. Bu holatda asosiy savol Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyodagi barqaror vaziyatni ushlab tura olishida emas, jangarilarning hujumi mamlakatlaridagi maxfiy terrorchilik yacheykalarini faollashtirishi mumkinligida», — deya fikrini yakunlagan tahlilchi.

Top