12:30 / 03.06.2017
18117

KXDR: AQSh Shimoliy Koreya raketalarini tuta olmaydi

Foto: AFP-Yonhap

Shimoliy Koreya AQShning KXDR ballistik raketalarini urib tushirishga urinishini «xato» deb baholadi va «buning imkoni yo‘q»ligini ta'kidladi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.

Qayd etilishicha, rasmiy Pxenyan ma'muriyati AQSh sinovini «fitna» deb atagan.

«Bunday tavakkalchilikka asoslangan qadam — ularning yadro urushiga hozirligi so‘nggi bosqichga kirganini anglatadi», — degan KXDR qurolli kuchlari vakili. 

Avvalroq, BMT Xavfsizlik Kengashi KXDRga nisbatan sanksiyalarini kengaytirgan edi. 

Mavzuga oid
Top