22:44 / 03.06.2017
81949

O‘zbekiston hafta ichida: "GM"chilar "ishi", navbatdagi qaror va farmonlar, yangi tizimlar, Prezident Andijonda

Hafta davomida O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqealar va yangiliklar Kun.uz dayjestida eslatib o‘tiladi.

TIV rahbari Abdulaziz Komilov Senat yig‘ilishida nutq so‘zladi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 27 may kuni Oliy Majlis Senati yalpi majlisida nutq so‘zladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017-2021 yillar davomida mamlakatni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston tuzgan shartnomalarning umumiy qiymati 44 milliard dollardan oshadi

Komilov O‘zbekistonga xorij sarmoyalari kirishiga xalal berayotgan asosiy to‘siqlarni sanab o‘tdi

Abdulaziz Komilov O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijiga soya solib turgan «bolalar mehnati» masalasi endi kun tartibidan olib tashlangani haqida keltirib o‘tgan.

U TIVdagi kamchiliklar borasida ham to‘xtalib o‘tgan

Abdulaziz Komilov valyuta bozori va bank-moliya tizimini liberallashtirishni taklif qildi

Kommunal sohada o‘zgarish

Elektr energiyasi va gaz tarmog‘idan qarzdorlik tufayli uzilgan iste'molchilar qayta ulanish uchun haq to‘lashadi

O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish Dasturi qabul qilindi

Uy-joy kommunal xizmatlarning yagona billing tizimi tashkil etilmoqda

"O‘zbekenergo" va "O‘ztransgaz" shtati 10 mingdan ortiq xodimga qisqartiriladi

“Ekologiya haftaligi-2017

Foto: "Kun"

31 may kuni Xalqaro Press-klub (XPK)da "Ekologiya haftaligi-2017" ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. XPK sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O‘ktam O‘tayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Boriy Alixonov, O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi doimiy vakili v.b. Farid Karaxanov, Xalqaro Press-klub moderatori Sherzodxon Qudratxo‘jayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, qator vazirlik va idoralar, nodavlat tashkilotlar hamda O‘zbekistonda akkreditatsiyalangan mahalliy va xalqaro OAV vakillari ishtirok etishdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Boriy Alixonovning ma'lum qilishicha, o‘tgan davr mobaynida Orol dengizi sathi 29 metrga pasaygan.

Xalqaro Press-klubda Rog‘un GESi, daraxtlar kesilishi, ekoturizm, chiqindilar muammosiga doir savollarga javob berildi

Prezident Andijonda

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investitsiya loyihalari ijrosining borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2 iyun kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.  

Davlat rahbari Andijondagi «Bog‘i Bobur» istirohat bog‘ida bo‘ldi  U, shuningdek, «Andijon biokimyo zavodi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xo‘jaobod tumanida tashkil etilgan bog‘ni borib ko‘rdi.

Prezident, bundan tashqari, mazkur tumandagi «Navigul» qo‘shma korxonasi hududida tashkil etiladigan meva-sabzavotlarni qayta ishlash, muzlatish va sotishga ixtisoslashtirilgan yirik logistika kompleksi loyihasi bilan tanishdi.  Mirziyoyev safar davomida Bo‘z tumanidagi xonadonlardan birida mehmon bo‘ldi.

Mirziyoyev Andijonda yig‘ilish o‘tkazdi. Qanday masalalar ko‘rildi?

Mirziyoyev O‘zbekistondagi yo‘llar qanday bo‘lishi kerakligini aytdi

Xonobod shahrini rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi

Mirziyoyev talabi: «Prokuror tadbirkorni sizlasin!»

Prezident Andijon shahridagi mahallalardan biriga bordi

Andijonda yana 294 oila uyli bo‘ladi

Andijonda tashkil etiladigan kichik sanoat zonasida 2 ming ish o‘rni yaratiladi

Mirziyoyev “O‘zavtosanoat”ning Andijondagi loyihalari bilan tanishdi

Lavozimiy o‘zgarishlar

Foto: UZ24

Davlat test markazi rahbari o‘zgardi, Shuningdek, “O‘zarxiv”ga ham yangi bosh direktor tayinlandi.

Kozim To‘laganov yangi lavozimga tayinlandi

Senatdagi qo‘mitaga rahbarlar tayinlandi

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutiga yangi rektor tayinlandi

Qabul qilingan yangi qaror va farmonlar

Turkmaniston bilan strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma Senat tomonidan ratifikatsiya qilindi

O‘zbekistonda go‘sht eksport qilishga ruxsat berildi

Senat Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritdi

Toshkentda ko‘p tarmoqli muz kompleksi quriladi

Hokimliklar rahbarlariga xizmat uylari beriladi

Abituriyentlardan hujjat qabul qilish sanasiga o‘zgarish kiritildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqladi

Sh.Mirziyoyev madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir yangi qarorni imzoladi. Qarorga muvofiq Konservatoriyada yangi fakultet ochiladi.  Bundan tashqari, «Toshkent» fond birjasi binosi konsert zaliga aylantiriladi

Pasportlarni hisobga olish va yo‘q qilish kim tomonidan amalga oshiriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e'lon qilindi. Unga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi zamonaviy professional xizmatga aylantiriladi.

Shuningdek, FVVning asosiy vazifalari belgilab berildi. Bundan tashqari, farmonga muvofiq Gidrometeorologik xizmat, Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati FVV tizimiga o‘tkazildi. 

GM Uzbekistan bilan bog‘liq mashmashalar

Foto: "Kun"

GM Uzbekistan yangi shartnomalar tuzish va avtomobillarni berishni vaqtinchalik to‘xtatdi

«GM Uzbekistan» 1 iyundan avtomobillarni yetkazib berishga doir shartnomalar tuzish jarayonini tikladi

GM Uzbekistan avtomobillarga “shapkalar” haqida xabar berishni so‘radi

1 iyundan GM Uzbekistan avtomobillari narxi oshishi ma'lum bo‘ldi

GM Uzbekistan avtomobillarining yangi narxlari ma'lum

GM Uzbekistan: endi avtomobillar yetkazib berish ketma-ketligini onlayn kuzatib borish mumkin

GM Uzbekistan narxlarni oshirdi: Potentsial xaridorlarda jiddiy savollar tug‘ilmoqda

Tanqid va tahlil

Illyustrativ foto

Qarovsiz futbol maydonchasi: “savobi ham, uvoli ham mahallaga...”

Benzin xarid qilishda to‘lanadigan yo‘l solig‘i qayoqqa ketmoqda?

Namanganning bir ko‘chasi: hujjatsiz uylar va ro‘yxatda yo‘q odamlar

Mirziyoyev dabdabali raqamlar va balandparvoz hisobotlar ortidan quvgan amaldorlarni tanqid qildi

Prezident videoselektorda bankirlarni qattiq tanqid qildi

1 iyun – Xalqaro bolalar kuni ayrim istirohat bog‘larida xavfsizlik kuniga aylandi

Sholi poyadan aziyat chekayotgan fuqarolar dardini kimga aytsin?

Namunaviy uydagi «namunaviy» nuqsonlar

O‘zbekistonning boshqa jabhalarida

Foto: O‘zbekneftegaz

Zomin va Zarbdor tumanlari chegaralari o‘zgartirilmoqda

«O‘zbekiston 24» teleradiokanali qachon ishga tushishi ma'lum bo‘ldi

Xitoyning CNPC kompaniyasi Buxoro viloyatida gaz qazib olishni boshlamoqda

O‘zbekistonda Umra kvotalari oshirildi

Surxondaryoda Imom Termiziy jome masjidi ochildi (fotojamlanma)

Mavzuga oid
Top