17:40 / 04.06.2017
6622

Grizmann: «Hozir ketishim «Atletiko» uchun jiddiy zarba bo‘lardi»

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann yozgi transferlar vaqtida klubdan ketmasligi haqida rasman e'lon qildi.

«Kelajagim borasidagi savollar jonimga tegdi. CAS «Atletiko»ga transferlar bo‘yicha taqiq qo‘ygan.

Klub yangi futbolchilar ololmaydigan bo‘ldi. Men maslahatchilarim bilan kelishgan holda, jamoada qolishga qaror qildim.

Hozir klub qiyin davrda. Agar men hozir ketsam, bu klub uchun jiddiy zarba bo‘lardi. Biz «Atletiko» bilan vaziyatni muhokama qildik, men yangi mavsumda ham Madridda bo‘laman», – degan Grizmann ESPN muxbiriga.

Ushbu futbolchi yozda «Manchester Yunayted»ga o‘tish arafasida edi. Ammo «Atletiko»ga muammoga duch kelgach, u manchesterliklar jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinoga qo‘ng‘iroq qildi va bora olmasligi sababini bildirdi.

Mavzuga oid
Top