22:09 / 04.06.2017
20713

Xitoyda dunyodagi eng tez lift ishga tushirildi

Xitoyning Guanchjou shahridagi CTF Finance Center moliya markazi binosida dunyodagi eng tez lift ishlay boshladi. O‘ta tez harakatlanuvchi lift yapon kompaniyasi tomondan yaratilgan va yuqoriga soatiga 75,6 km tezlik bilan ko‘tarila oladi. Lift balandligi 530 metrni tashkil qiladigan moliya markazi binosining tomiga 25 soniyada ko‘tarila oladi.

Bu astromonik tezlik sinov vaqtida qayd etildi. Lift amaliyotda qo‘llanganda biroz sekinroq – 72 km/soat tezlik bilan ko‘tariladi. Bu ko‘rsatkich ham rekord hisoblanadi. Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, shu vaqtgacha dunyodagi eng tez lift Shanxayda o‘rnatilgan bo‘lib, 69 km/soat tezlik bilan haarkatlangan. 

Guanchjoudagi lift tushayotganda ikki barobar sekinroq harakatlanadi: u 36 km/soat tezlik bilan 1-qavatga bir daqiqada tushadi.

Top