16:10 / 04.06.2017
5897

London sharqida maxsus amaliyot davomida bir necha kishi qo‘lga olindi

Britaniya politsiyasi London sharqidagi Barking tumanida ko‘p qavatli uylarda maxsus amaliyot o‘tkazdi.

Telegraph xabariga ko‘ra, politsiya bilan birga hududga tez tibbiy yordam mashinalari ham kelgan.

Reyd davomida bir necha kishi qo‘lga olingan.

Hozircha bu reyd 3 iyun kungi teraktga aloqador holda o‘tkazilgani rasman ma'lum qilinmadi.

3 iyun oqshomida mikroavtobus London ko‘prigi ustida piyodalar ustiga yurdi, uning ichidagi 3 kishi tashqariga chiqib, pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Keyin ular Boro bozori yaqinida odamlarga tashlanishdi. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar ularni otib o‘ldirdi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu terakt oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, 48 kishi jarohatlangan.

Mavzuga oid
Top