14:03 / 04.06.2017
8990

Londondagi terakt qurbonlari soni ortdi

Foto: Reuters

Londonda 3 iyun kuni kechqurun sodir etilgan terakt qurbonlari soni 7 nafarni, jabrlanganlar soni esa 48 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda shahar politsiyasi rahbari Kressida Dik ma'lumotiga asoslanib, The Guardian xabar berdi.
 
Bundan avvalgi xabarlarda terakt qurbonlari soni 6 nafarligi aytilgandi.

Politsiya rahbari shaharda qurolli politsiyachilar soni oshirilishini ma'lum qilgan.

3 iyun kuni London ko‘prigida avtofurgon piyodalar ustiga yurgani haqidagi xabarlar mahalliy vaqt bilan soat 22:08 (Toshkent vaqti bilan 4 iyun, yakshanba kuni 02:08) da kelib tusha  boshlagan. Avtomobil ichidan chiqqan 3 kishi odamlarga pichoq bilan hujum qilgan, keyin ular yana furgonga minib, Boro bozoriga yo‘l olishgan va u yerda ham pichoq bilan odamlarga tashlanishgan. Voqe joyiga yetib kelgan politsiyachilar ularni otib o‘ldirishgan.

Mavzuga oid
Top