14:37 / 04.06.2017
8672

Mbappe muxlisning uni «Arsenal»ga olib kelish haqidagi tvitiga layk bosdi 

«Arsenal» muxlislaridan biri tvitterda fransiyalik yosh hujumchi Kilian Mbappeni Londonga olib kelish haqida tvit yozdi.

«Arsenal»ga Kilian Mbappe va Aleksandr Lyakazettni olib kelish variantini ko‘rib chiqish vaqti keldi», – deya yozgan u.

Kutilmaganda ushbu tvitni «Monako»ning 18 yoshli futbolchisi layklagan va bu internet foydalanuvchilari e'tiboridan qochib qutula olmagan.

Bundan avvalroq Arsen Venger 2016 yilda Mbappenikida mehmon bo‘lgani va u bilan «Arsenal»ga o‘tishi masalasida gaplashgani, ammo futbolchi hali maktabda o‘qiyotgani tufayli Fransiyada qolishga qaror qilgani haqida eslatib o‘tgandi.

Iyun oyi boshida L’Equipe «Arsenal» ushbu futbolchi uchun «Monako»ga 100 million yevro taklif etayotgani haqida xabar paydo bo‘ldi.

Mbappe yakunlangan mavsumda monegaskliklar jamoasi safida barcha turnirlar doirasida 44 uchrashuvda maydonga tushib, 26 gol urdi.

Mart oyida Kilian Fransiya terma jamoasida debyut qildi va ikki o‘yin o‘tkazishga ulgurdi.

Top