17:50 / 04.06.2017
15241

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev afg‘onistonlik hamkasbi Ashraf G‘aniga Kobuldagi terakt munosabati bilan hamdardlik izhor qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga hamdardlik maktubi yo‘llab, unda Kobul shahridagi dafn marosimi chog‘ida sodir etilgan bir nechta portlashlar oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning nobud bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilganini bildirdi», — deyiladi xabarnomada.

Davlat rahbari hamdardlik maktubida marhumlarning oila a'zaolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya va hamdardlik izhor etdi. Jarohat olganlarning tez muddatlarda sog‘ayib ketishini tiladi.

Top