09:04 / 05.06.2017
7828

Bahrayn o‘z fuqarolariga Qatarga borish va u yerda yashashni taqiqlab qo‘ydi

Foto: RIA Novosti

Bahrayn o‘z fuqarolariga Qatarga borish va u yerda yashashni, Qatar fuqarolariga esa Bahraynda istiqomat qilishni taqiqlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Bundan tashqari, Bahrayn qatarlik diplomatlarga qirollikni tark etish uchun 48 soat muhlat bergan.

Ta'kidlanishicha, Bahrayn Qatar bilan avia va dengiz qatnovini ham to‘xtatmoqda.

Saudiya Arabistoni va Bahrayn Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi

BAA Qatar bilan diplomatik aloqalar uzilishini qo‘llab-quvvatladi

Arab koalitsiyasi Qatarning Yamandagi amaliyotda ishtirok etishini taqiqladi

Mavzu
Fors ko‘rfazi inqirozi
Fors ko‘rfazida jiddiy siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv boshqa bir arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bunga Qatar Eronni va terrorizmni qo‘llagani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Barchasi
Top