08:11 / 05.06.2017
8183

Eron O‘zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan safarda Chernogoriyani mag‘lub etdi

Chernogoriya terma jamoasi o‘z maydonida Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. O‘yin «Pod Goritsom» o‘yingohida kechgan uchrashuv 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. 

Mehmonlar tarkibida "Rostov" hujumchisi Sardor Azmun dubl qayd etgan bo‘lsa, mezbonlarning yagona goli 32-daqiqada "Inter" hujumchisi Stevan Yovetich tomonidan kiritildi. 

 79-daqiqada eronlik himoyachisi Murtazo Puraliganji ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi. 

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 12 iyun kuni 2018 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun Eronga qarshi o‘ynaydi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

Chernogoriya - Eron - 1:2 (1:1)
Gollar:
 Yovetich (32) - Sardor Ozmun (11, 60).
Chetlatish: Puraliganji (79, Eron)

Mavzuga oid
Top