21:04 / 05.06.2017
13789

Yevropaning eng yirik kruiz layneri ilk safariga yo‘l oldi

5 iyunda Yevropaning eng yirik kruiz layneri MSC Meraviglia o‘zining ilk safariga yo‘l oldi. 

Laynerning ramziy suvga tushirilishi marosimida Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron ishtirok etdi.

Shveytsariyaning MSC Cruises kompaniyasi buyurtmasi bo‘yicha qurilgan kemaning uzunligi 315 metrni, balandligi esa 65 metrni tashkil qiladi. Kemaning narxi 892 mln yevroni yoki 1 mlrd dollarga yaqin turadi. Kema bortiga 5714 yo‘lovchi va uch barobar ko‘proq ekipaj a'zolarini qabul qila oladi. Laynerda hammasi bo‘lib 19 ta paluba bor.  

Kema ichida yuqori komfortlikka ega 78 ta nomer, 15 ta kayuta va ikkita apartamentga ega Yacht Club deb ataluvchi maxsus hudud bo‘ladi.  

Layner 3 iyun kuni Gavrga yetib kelgan va u yerdan 5 iyunda Lissabon, Barselona, Marsel va Genuyaga yo‘l olgan. Kema O‘rta yer dengizida 2019 yilgacha yuradi, so‘ngra u AQShning Mayami shahriga Karib dengizi orollari bo‘ylab kruizlar uyushtirish uchun o‘tkaziladi.

Mavzuga oid
Top