Kiprda tan olinmagan futbol terma jamoalari o‘rtasida Yevropa chempionati boshlandi. Bu musobaqa Mustaqil futbol uyushmalari konfederatsiyasi (ConIFA) boshchiligida o‘tmoqda.

Musobaqada 8 ta jamoa ishtirok etmoqda va ular ikki guruhga bo‘linganlar:

A guruhi: Shimoliy Kipr, Abxaziya, Zakarpate, Janubiy Osetiya;

V guruhi: Padaniya (Italiyadagi tuman), Elan Vanin (Buyuk Britaniya, Men oroli), Felvidek (Slovakiya), Sekey o‘lkasi (Ruminiya).

Musobaqa 4 iyundan 11 iyungacha davom etadi. Ushbu formatdagi Yevropa chempionati ikkinchi marotaba o‘tkazilmoqda.