Toşkent IIBBning xabar berişiça, Özbekiston Respublikasi hududida fuqarolarning nobiometrik şakldagi pasportini amal qiliş muddati 2018 yilning 1 iyul kuniga qadar belgilangan. 

Bu Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yilning 14 dekabridagi «Özbekiston Respublikasi aholisini biometrik pasport bilan ta'minlaş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Qarori talablariga muvofiq belgilangan.

“Fuqarolarning ortiqça sarson bölişlarini hamda ularni qonunçilikda belgilangan ma'muriy javobgarlikka tortilişlarini oldini oliş maqsadida, pasport oliş yoşiga yetgan va Özbekiston Respublikasining nobiometrik şakldagi pasportiga ega bölgan fuqarolardan hududiy IIBlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimlarida taşkil etilgan “Ma'lumotlarni yiğiş punkt”lariga tizimli ravişda taşrif buyurişlari tavsiya etiladi”, - deyiladi IIBB xabarida.