22:31 / 05.06.2017
9447

Orlandodagi ommaviy qotillikda 6 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP Photo / John Raoux

AQShning Orlando shahri politsiyasi shahardagi ofis binolaridan birida 5 iyun ertalab otishma sodir etgan erkakning shaxsini ma'lum qildi. Otishma oqibatida qotilning o‘zi bilan birga 6 kishi halok bo‘lgan.

Mahalliy sherifning ma'lum qilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 08:03da otishma haqida xabar olingan. Politsiyachilar xabar olingach, darhol voqea joyiga otlanganlar.   

"4 kishi darhol halok bo‘lgan. Yana bir kishi shifoxonada vafot etgan", deb aytildi politsiyada.

Qotil 45 yoshli erkak bo‘lib, u o‘zini ham o‘ldirgan. Qurbonlar orasida bir ayol bor.

Aniqlanishicha, qotil binoda joylashgan kompaniyadan bo‘shatilgan bo‘lgan. "U taxminan aprel oyida ishdan bo‘shatilgan", deb ma'lum qildi sherif. 

Politsiya voqea tafsilotlarini o‘rnatish uchun qotilning otishmada omon qolgan sobiq hamkasblarini so‘roq qilishni boshlagan.

Mavzuga oid
Top