Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 martdagi “Pensiya va nafaqalarni tölaş mexanizmini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2826-sonli Qaroriga muvofiq, Xalq banki respublika böyiça pensiya va nafaqalarni tölaş böyiça yagona vakolatli bankka aylandi.

Bank axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, endilikda pensiya va nafaqalar pensionerlarning özlari istiqomat qiladigan mahalla hududidagi maxsus xonalarda naqd pul şaklida tarqatib kelinmoqda. Xalq banki sayyor kassalari tomonidan mustaqil harakatlaniş hamda pensiyalar va nafaqalarni maxsus kassalardan oliş imkoniyatiga ega bölmagan şaxslarga, betob kişilarning uylariga borib, pensiya hamda nafaqalarini tarqatilayotgani köplab yoşi keksa insonlarga qulaylik tuğdirmoqda.

Pensiya mablağlarini tarqatilişi jarayonida yuzaga keladigan muammo va şikoyatlarni öz vaqtida bartaraf etiş yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qiliş böyiça “1106” qisqa raqamli “işonç telefoni” ham taşkil etildi. 

Endilikda pensionerlar öz pullarini olişda yuzaga kelişi mumkin bölgan har qanday muammo haqida uşbu qisqa raqamlar orqali murojaat qilişlari mumkin böladi.