09:18 / 06.06.2017
13843

2022 yilgi JCh Qatarda o‘tkazilishi gumon ostida qolmoqda

Futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon chempionati Qatarda o‘tkazilishi bu davlatning Fors ko‘rfazidagi boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalari uzilayotgani tufayli shubha ostida qolmoqda.

Ayni vaqtga kelib 8ta mamlakat - Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Misr, Liviya, Yaman, Maldiv va Mavrikiy Doha bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi. Bunga ushbu davlatlar Qatarni terrorizm bilan hamkorlik qilishda ayblagani sabab bo‘ldi.

Ayni vaqtda Qatar bilan bu davlatlar o‘rtasidagi marshrutlar to‘xtagan.

Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn Dohaga o‘z hududidagi dengiz portlari va aeroportlardan foydalanishni taqiqlagan.

Qatar barcha ayblovlarni inkor etmoqda.

Hozircha Qatar-2022 tashkiliy qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirmadi.

Germaniya futbol ittifoqi prezidenti Raynxard Grindel futbol jamoatchiligi bunday darajadagi ulkan turnir terrorizmni faol qo‘llab-quvvatlovchi davlatda o‘tkazilmasligi kerak deb hisoblashini ma'lum qilgan.

Qolaversa, Qatar bundan keyin boshlanadigan iqtisodiy qiyinchiliklar, qo‘shni chegaralar bilan chegaralar yopilishi ortidan chempionatga tayyorgarlik ko‘ra olmasligi, qurilish materiallari va ishchi kuchi yetishmasligi tufayli kerakli stadionlar hamda boshqa infratuzilmalarni vaqtida qurib bitira olmasligi mumkin.

Mavzu
Fors ko‘rfazi inqirozi
Fors ko‘rfazida jiddiy siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv boshqa bir arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bunga Qatar Eronni va terrorizmni qo‘llagani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Barchasi
Top