17:42 / 06.06.2017
17123

4 iyun kuni Toshkentda yuz bergan yo‘l-transport hodisalari

Foto: "Kun"

2017 yilning 4 iyun kuni Toshkent shahri hududida 2 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 2 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

2017 yilning 4 iyun kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 3008 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 775 tasini qo‘pol turdagi, 5 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXBning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 4 iyun kuni jami 1124 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 610 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysinmasdan harakatlanish, 514 tasi belgilangan me'yoridan yuqori tezlikda harakatlanishni tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top