23:08 / 06.06.2017
24579

Halabdagi tinch aholining azob-uqubatlari ramziga aylangan bola sog‘ayib ketdi

"Halablik bola" nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan suriyalik Umron Daknishning sog‘ayib ketgandan keyingi holati tasvirlangan video internetda paydo bo‘ldi. Halabning bombardimon qilinishi oqibatida yaralangan Umronning surati Suriyadagi urush oqibatida azob-uqubatlar chekayotgan tinch aholi ramziga aylangandi.

Bolakayning oilasi hamon Halabda yashamoqda. Endi bu shahar hukumat qo‘shinlari tomondan nazorat qilinmoqda. Umron o‘sha bombardimon vaqtida omon qolishga muvaffaq bo‘lgan, biroq uning akasi Ali jarohatlardan halok bo‘lgandi.

Bolaning bombardimondan keyin juda ayanchli, karaxt holda tez tibbiy yordam mashinasida o‘tirgan surati o‘tgan yil avgustida chop etilgan va butun dunyoni larzaga solgandi. O‘shanda bola 5 yoshda bo‘lgan.

Top