17:28 / 06.06.2017
7058

Angliya termasi futbolchilari dengiz piyoda kuchlari lagerida mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Angliya terma jamoasi futbolchilari Shotlandiya va Fransiya terma jamoalariga qarshi o‘yinlar oldidan ikki kunni Buyuk Britaniya qirolligi Harbiy-dengiz flotining dengiz piyodalari mashg‘ulot lagerida o‘tkazishdi.

Bu fikr terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeytdan chiqqan. U shu orqali futbolchilarning jamoaviy ruhini ko‘tarish va jamoani jipslashtirishni istagan.

«Biz yigitlarni noodatiy sharoitlarda chiniqtirishni istadik, ularga kutilmagan vaziyatlarni taqdim etdik. Ularning qarshisida bajarib bo‘lmaydigandek ko‘rinadigan vazifalar paydo bo‘ldi. Ular bunday vaziyatda sheriklarini uyaltirmaslik kerakligini tushunib olishdi», – degan Garet Sautgeyt. 

Polkovnik Mayk Tannerning qayd etishicha, dengiz piyodalari va terma jamoa futbolchilari o‘rtasida ko‘p umumiylik bor. U bu hamkorlik davom etishiga umid bildirgan.

«Manchester Yunayted»dan terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar Kris Smolling, Fil Jons, Jyessi Lingard va Markus Reshford lagerda bo‘lishmagan.

Angliya terma jamoasi 10 iyun kuni JCh-2018 saralashi doirasida Shotlandiyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Top