16:31 / 06.06.2017
8211

«Borussiya» yangi bosh murabbiyni tanishtirdi

Dortmundning «Borussiya» klubi Peter Bosni yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirdi.

Klub ushbu niderlandiyalik 53 yoshli mutaxassis bilan 2019 yilgacha shartnoma imzolagan.

«Borussiya» «Ayaks» uch million yevro miqdorida tovon puli to‘lagan. Bosning o‘ziga 4 million yevro miqdoridagi yillik maosh tayinlangan.

«Ayaks»dagi birinchi mavsumida Bos jamoani Yevropa Ligasi finaliga yetaklab keldi. Bungacha u AGOVV, «De Grafshap», «Herakles», «Vitess» va «Makkabi» jamoalarini boshqargan, shuningdek «Feyyenoord» klubi direktori bo‘lib ishlagan.

Tomas Tuxelning ishdan bo‘shatilishidan keyin «Borussiyaga» Lyusen Favr kelishi haqida aytilgandi, ammo «Nitstsa» o‘z murabbiyini qo‘yib yubormadi.

Mavzuga oid
Top