01:09 / 06.06.2017
11649

Xosep Gvardiola: «Zidan bilan faqatgina soch turmaklarimiz o‘xshash»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Madridning «Real» klubini Chempionlar ligasidagi g‘alaba qozonishiga fikr bildirdi.

«Zidan bilan faqat soch turmaklarimiz o‘xshash. U ajoyib futbolchi. Futbolchi sifatida men bilan solishtirganda u butunlay boshqa saviyada bo‘lgan. Uning uchun xursandman. U klubda ajoyib ish olib bormoqda. «Real»ni tabriklayman, ular chempionlar ligasida haqli g‘alabaga erishishdi.

Ammo aytishim kerakki, «Barselona» har doim qaytgan! Valverde – juda yaxshi murabbiy va mening yaqin do‘stlarimdan. Bu «Barselona» uchun yaxshi tanlov», – deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Marca.

Top