22:51 / 06.06.2017
19479

Jorj Kluni egizak farzandli bo‘ldi

Amerikalik aktyor Jorj Kluni va uning turmush o‘rtog‘i Amal Kluni egizakli bo‘lishdi - o‘g‘il va qiz. Bu haqida BBC News aktyorning vakili Sten Rozenfild bergan ma'lumotga asoslanib xabar berdi

Manbaga ko‘ra, juftlik o‘z farzandlariga Ella va Aleksandr deya ism bergan. 

"Ella, Aleksandr va Amal - ularning bari sog‘-salomat, baxtli va o‘zini yaxshi his qilmoqda", - dedi Rozenfild va tabassum bilan "Jorj o‘ziga kelgani va bir necha kundan keyin safga qaytishi"ni aytib qo‘shimcha qildi. 

Aktyorning turmush o‘rtog‘i Amal Kluni - asli livanlik bo‘lgan, Britaniyada faoliyat yurituvchi advokat. Juftlik 2014 yilda Venetsiyada nikoh to‘yini o‘tkazgan.

Ta'kidlash joizki, 2017 yilning fevralida Kluni kino olamiga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli "Sezar" mukofotini qo‘lga kiritgan. 

Top