19:23 / 07.06.2017
10620

Andijondagi oilaviy poliklinikalarga tez tibbiy yordam mashinalari topshirildi

 Bugun, 7 iyun kuni Andijon viloyati hududlarida faoliyat yurituvchi oilaviy poliklinikalarga 25 ta tez tibbiy yordam mashinalari topshirildi. Bu haqida Kun.uz'ning Andijondagi muxbiri Elmurod Ermatov xabar berdi. 

  Ayni paytda Andijon shahrida 8 ta, tumanlarda esa 67 ta qishloq oilaviy poliklinikalari faoliyat yuritib kelmoqda. Qishloq joylarda ish olib boruvchi tibbiyot muassasalarga avtomashinalar berilishi aholiga ko‘rsatiladigan tez tibbiy yordam  sifatini takomillashtirishga xizmat qiladi.

 Tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, birlamchi tibbiyot muassasalari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarini berdi.

Top