14:15 / 07.06.2017
12128

Eron parlamentida qamalda qolgan jangari o‘zini portlatdi

Eron xavfsizlik xizmatlari parlament binosi ichidagi terrorchini qamalga olgach, u o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda FARC agentligi xabar tarqatdi.

Ushbu terrorchidan tashqari, bino ichida uning boshqa sheriklari ham bor. Ular bir necha kishini garovga olgani gumon qilinmoqda.

IRIB nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, imom Xomayni maqbarasida ham ikkinchi portlash ro‘y bergan.

Mehr xabariga ko‘ra, maqbaraga hujum qilganlar soni 4 nafar (ikki erkak va ikki ayol) bo‘lgan. Ayollardan biri hujum boshidayoq o‘zini portlatgandi, yana bir jangari o‘zini portlatishga ulgurmadi va huquq-tartibot xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

IShID ushbu hujumlar uchun javobgarlikni zimmasiga olgan.

Top