Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Eron parlamenti binosida yuz bergan otishma natijasida yetti kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Tasnim agentligi xabar bergan.
Shuningdek, to‘rt nafar inson garovda ekani ma'lum qilindi.
7 iyun kuni ertalab noma'lum shaxslar Eron parlamentida o‘t ochishdi. Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar berildi.
Keyinchalik Tehrondagi imom Xomeyni maqbarasida ham otishma yuz bergani haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi.