GM Uzbekistan AJ rasmiy saytida avtomobillar narxlari bilan real vaqt rejimida tanişib boriş imkoniyati mavjud bölgan maxsus bölim iş boşladi. 

Bölimdagi ma'lumotlar har hafta yangilanib boradi hamda unda 6 iyun holatiga köra, avtomaşinalarning yangi narxlari berildi. Narxlar Markaziy bankning  2017 yil 6 iyundagi kursi böyiça körsatilgan: 1 AQŞ dollari - 3874,48 söm.

Avvalroq 1 iyundan boşlab "GM Uzbekistan" barça avtomobillari sömda sotilişi yölga qöyilişi haqida xabar bergandik. Narxlar dollarga boğlangan va milliy valyutadagi narxlar har hafta özgarib borişi mumkin.

Skrinşot: GM Uzbekistan (7 iyun, 2017)