«Qonli Tehron». Teraktlar bo‘yicha so‘nggi ma'lumotlar
IShID Eron poytaxti Tehron shahrida, parlament binosi va imom Xomeyni maqbarasi binolariga uyushtirilgan hujumlar uchun javobgarlikni zimmasiga olgan. Bu haqda Fars agentligi xabar tarqatdi.
Tehronning ikki nuqtasida amalga oshirilgan terakt qurbonlari soni 8 nafarni tashkil qilmoqda, 33 kishi jarohatlangan.
Parlamentga hujum
7 iyun kuni tongida 3 nafar qurollangan terrorchi parlament binosiga kirib, otishma boshladi. Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, bu hujum davomida 7 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi garovga olindi.
Fars agentligi hujum qilganlardan biri xudkush ekani, u maxsus xizmatlar xodimlari tomonidan qurshab olingach, o‘zini portlatgani haqida xabar berdi.
Yana bir jangari parlament binosini tark etgan va ko‘chada otishmani davom ettirgan. Bino ichida terrorchilardan biri yo‘q qilingani aytilmoqda, ammo bu rasman tasdiqlangani yo‘q.
URGENT: Footage of shooting outside Parliament building in Tehran#TehranShooting pic.twitter.com/zTahtqt2CS
— Press TV (@PressTV) June 7, 2017
Deputatlar parlament binosidan evakuatsiya qilingan. Ular orasida jabrlanuvchilar yo‘q.
Security forces helping a kid outside #IranParliament #TehranShooting pic.twitter.com/BNt1uOhks3
— Press TV (@PressTV) June 7, 2017
Maqbaradagi portlashlar
Parlamentga hujum bilan bir vaqtda shaharning boshqa qismida imom Xomeyni maqbarasida portlash sodir bo‘ldi. Bu yerda hujum qilganlar 4 kishi bo‘lib, ular orasidagi ayol hujum boshidayoq o‘zini portlatib yuborgan.
The moment of explosion at Imam Khomeini mausoleum #TehranShooting pic.twitter.com/cVQtgqteYr
— Press TV (@PressTV) June 7, 2017
Yana bir hujum qiluvchi qo‘riqchilar tomonidan yo‘q qilingan, uning yonidan 8ta granata, 10ta o‘qdon va o‘t qo‘yish uchun yoqilg‘i solingan butilka topilgan.
8 grenades, 10 magazines, a bottle filled with pink fluid were being carried by a neutralized terrorist at Imam's Mausoleum #TehranAttacks pic.twitter.com/0MWN8ho3LN
— Press TV (@PressTV) June 7, 2017
Keyinroq jangarilardan biri bino ichida o‘zini portlatgani haqida xabar berildi, keyinroq u bunga ulgurmagani aytildi.
Maqbaraga hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgani va 5 kishi yaralangani ma'lum qilingan.
Eron razvedka vazirligi Tehron ahlidan ko‘chalarga chiqmaslikni so‘ramoqda. Mamlakat IIV rahbari Abdulrizo Rahmon Fazli favqulodda yig‘ilish chaqirgan.
Mavzuga oid
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
09:26 / 06.11.2024
Tehron: GFR fuqaroligiga ega eronlik o‘lim jazosidan oldin vafot etdi
10:10 / 02.11.2024
«Krokus»dagi terakt: ishda to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi
22:10 / 25.10.2024