Bugun, 7 iyun kuni Xalqaro Press-klubda Özbekiston oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va 2017-2018 öquv yili uçun abituriyentlar qabuliga bağişlangan anjuman bölib ötdi.
Tadbirda qatnaşgan "Kun.uz" xodimiga köra, unda 68 ball va undan kamroq ball olganlarning qöşimça şartnoma (superkontrakt) böyiça öqiş masalasi kötarildi.
Mutaxassisning sözlariga köra, 4 ballgaça past ball olgan abituriyentlar qöşimça kontrakt böyiça ta'lim oladi. Undan keyingi stavkalar olingan ballga qarab bosqiçma-bosqiç köpayaveradi. Bu stavkalarning belgilanişi har bir oliy ta'lim muassasasining moddiy ehtiyojlaridan kelib çiqib belgilanadi. Qöşimça örinlar ham barça OTMlarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda yaratiladi.
Oliy va örta-maxsus ta'lim vaziri birinçi örinbosari Inomjon Majidov bu borada qöşimça qildi: "Kvotadan taşqari oliy ta'lim muassasasining imkoniyatlaridan kelib çiqiladi. Bunda birinçi şart - oliy ta'lim muassasasida qöşimça qabul uçun imkoniyat bölişi kerak. Ikkinçidan esa, öşa belgilangan summani tölaş imkoniyati mavjud bölişi masalasi bor.

68 ball oldi - talaba böldi degani emas. Nega? Masalan, oliy öquv yurtlarida 1 ballni olsak, şu 1 ballning özini içida bir OTMda 50 abituriyent, boşqasida esa 2 nafargina ötirgan bölişi mumkin. Superkontraktni belgilaşda birinçi qadam 1,5 - 2 - 2,5 barobar va h.k. tartibda ketadi".
Ma'lum qilinişiça, hozirda bakalavr bosqiçiga öqişga qabul qiliş töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritiş böyiça işlar boşlangan. Şundan kelib çiqib yanada aniq ma'lumotlar beriladi.













