«Samarqand» xalqaro aeroporti bir oy mobaynida yopiq böladi. Samolyotlar qabul qilinmaydi. Bunga uçiş-qöniş yölagida ta'mirlaş işlarini olib boriş sabab sifatida aytilmoqda. Bu haqda Samarqand televideniyesi xabar qilmoqda.
Şu munosabat bilan "Özbekiston havo yöllari" MAK Samarqandga parvoz qiladigan aviareyslarni Buxoro xalqaro aeroportiga ötkazişini ma'lum qildi. Bu özgarişlar 1-31 iyul kunlari amalga oşiriladigan aviaparvozlarga taalluqli böladi.
Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi ham 2017 yil 4 iyuldan 1 avgustgaça öz parvozlarini Samarqanddan Navoiy xalqaro aeroportiga ötkazayotganini e'lon qildi. Yölovçilar Şeremetevo — Navoiy — Şeremetevo böyiça parvoz qilişadi, deyiladi aviakompaniya xabarida. Bunda «Aeroflot»ning qöşimça qilişiça, yölovçilarni Navoiydan Samarqandgaça yer usti transportida yetkazişni zimmasiga olmaydi.
Bugungi unda «Samarqand» xalqaro aeroporti yiliga 300 mingdan ortiq yölovçiga xizmat körsata oladi. Unda sönggi rekonstruksiya 2009 yilda amalga oşirilgan edi. Öşanda, aerovokzal kompleksi, tijorat omborxonasi, perron, samolyot angari ta'mirlangandi.













