Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi shanba, 10 iyun kuni Samarqandga keladi. U O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 8 iyun kuni Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab safarini boshlaydi: u Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga boradi.
Bosh kotib shanba kuni Samarqandga keladi hamda mamlakat rahbari bilan uchrashadi. Kunning ikkinchi yarmida esa Guterrish Nukusga borib, Orol dengizidagi kemalar qabristoniga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
















