Tehrondagi terrorchilar yo‘q qilindi, qurbonlarning aniq soni ma'lum
Tehronda Eron parlamentiga hujum qilgan terrorchilar bartaraf etildi. Bu haqda Press TV xabar tarqatdi.
Parlament binosi va imom Xomeyni maqbarasiga uyushtirilgan hujumlar qurbonlari soni 12 nafarni tashkil qildi. Ushbu islom respublikasi Adliya vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, teraktlar oqibatida jarohatlanganlar soni 39 nafarni tashkil qildi.
Jangarilarning aniq soni qancha edi?
Ayollar libosida bo‘lgan 4 shaxs parlament binosiga kirib, o‘t ochgan. Ko‘p o‘tmasdan ulardan biri o‘zini portlatgan. Eron IIV yana bir jangari otishma boshlangan vaqtdayoq o‘ldirilganini ma'lum qildi. Jangarilardan ikki nafari qo‘lga olingan
Shunday hujum Tehron janubida, parlament binosidan 20 km masofada imom Xomeyni maqbarasiga ham uyushtirilgan: 4 jangari hujum qilgan. Ulardan biri, ayol ekani aytilgan xudkush darvoza oldida o‘zini portlatgan, bir jangari otib tashlangan (uning yonida 8ta qo‘l granatasi va 10ta o‘qdon bo‘lgan), yana ikki jangari qo‘lga olingan.
Qurbonlar soni qancha?
Parlament binosiga hujum oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, yana 30ga yaqin kishi jarohatlangan.
Maqbaraga qilingan hujum vaqtida kamida ikki kishi halok bo‘lib, 10ga yaqin kishi jarohatlangan.
Ushbu teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
09:26 / 06.11.2024
Tehron: GFR fuqaroligiga ega eronlik o‘lim jazosidan oldin vafot etdi
10:10 / 02.11.2024
«Krokus»dagi terakt: ishda to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi
22:10 / 25.10.2024