09:52 / 07.06.2017
4021

TIVda AQSh prezidentining Fan masalalari bo‘yicha vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2017 yil 6 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekistonga tashrif buyurgan AQSh Prezidentining Fan masalalari bo‘yicha vakili, Tafts Universiteti huzuridagi Atrof-muhit instituti direktori Linda Abriola bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazir matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Suhbat chog‘ida fan sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari nuqtainazaridan O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini rivojlantirishning hozirgi holati va ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. 2010 yil dekabr oyida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati o‘rtasidagi fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirish mazkur yo‘nalishdagi sherikchilikni kengaytirish imkonini bergani qayd yetildi.

Top