Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari bilan uçraşdi. Bu haqda Qozoğiston rahbari rasmiy sayti xabar bergan.
Uçraşuvda Özbekiston mudofaa vaziri Qobul Berdiyev, Qozoğiston - S.Jasuzakov, Xitoy Xalq Respublikasi - Çan Vantsyuan, Rossiya - S.Şoygu, Tojikiston - M.Şerali, Qirğiziston Boş ştabi boşliği - R.Duyşenbiyev, ŞHT Boş kotibi R.Alimov iştirok etdi.
Qozoğiston rahbari kiriş sözida ŞHT a'zo davlatlari mudofaa vazirlarining Ostonada taşkilotga a'zo davlatlar rahbari Kengaşi yiğilişi va “Ekspo-2017” xalqaro körgazmasi oldidan uçraşuv ötkazişi muhim ekanini ta'kidlab ötdi.
- Şanxay hamkorlik taşkiloti özini jiddiy mintaqaviy birlaşma ekanini körsatmoqda, u bir-biriga madaniy, hududiy, tarixiy nuqtai nazardan yaqin bölgan davlatlarning iqtisodiy hamkorligi masalalarini hal etiş maqsadida yaratilgandi, - degan Qozoğiston prezidenti.
Nazarboyev Şanxay xartiyasi qabul qilinganiga 15 yil bölgani va ötgan davr davomida katta hajmda qöşma işlar bajarilganiga e'tibor qaratdi.
- Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Kengaşi yiğilişida ikki yirik davlat – Hindiston va Pokistonni taşkilotimizga qabul qiliş nazarda tutilgan. Şu tariqa, ŞHT Yer sayyorasining qariyb 40 foiz aholisini birlaştiradi. Asosiysi – yuzaga kelayotgan masalalarni konsensus asosida hal qilişga asoslangan “Şanxay ruhiyatini” saqlab qoliş, - degan u.
Qozoğiston prezidenti taşkilot faoliyatida iqtisodiy tarkibiy qismlarni mustahkamlaş zarurligini ta'kidlab ötdi.













