7 iyun kuni Xalqaro Press-klubda Özbekiston oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va 2017-2018 öquv yili uçun abituriyentlar qabuliga bağişlangan anjuman bölib ötdi.
"Kun.uz" xodimining ta'kidlaşiça, anjumanda 2017-2018 öquv yilida bakalavrga - 66 316, magistratura bosqiçiga 5000 örin ajratilgani qayd etildi. Bu ötgan yilga nisbatan 10 000 ga köp demakdir.
2016 yilda taxminan 663 000 kişi OTMlarga hujjat topşirgan bölsa, joriy yilda abituriyentlar soni 700 000 dan ziyod bölişi kutilmoqda. OTM talabalari sonini köpaytiriş - yetuk ma'naviy va intellektual salohiyat hamda mustaqil fikrga ega qilib tarbiyalaş orqali davlat yoşlar siyosatini amalga oşirişda yordam beradi.
Berilgan ma'lumotlarga köra, joriy yilda 36 ta OTMda 114 ta qöşimça yönaliş oçiladi, bulardan 20 tasi mutlaqo yangi yönalişlardir. Şuningdek maqsadli qabullarni amalga oşiriş mexanizmi yölga qöyiladi.
2017-2018 öquv yilida OTMlarda imtihon topşiriş uçun 795 000 ga yaqin örin tayyorlandi. Bundan taşqari, 17 aprel - 30 may oraliğida maxsus seminar maşğulotlari ötkazildi. Iyul oyi boşida ham şunday maşğulotlar ötkazilişi rejalaştirilgan.













