15:45 / 08.06.2017
8970

6 iyun kuni Toshkent shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisalari

Foto: "Kun"

2017 yilning 6 iyun kuni Toshkent shahri hududida 2 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 2 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
 
2017 yilning 6 iyun kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2307 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 704 tasini qo‘pol turdagi, 16 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar YHXBning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 6 iyun kuni jami 1061 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 577 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysinmasdan harakatlanish, 484 tasini belgilangan me'yoridan yuqori tezlikda harakatlanishni tashkil etadi.

Top