Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 8-10 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxti Ostonaga keladi. Bu haqda Atamboyev devonxonasi axborot siyosati bo‘limi ma'lum qildi.
Atamboyev tashrif davomida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning navbatdagi yig‘ilishida va "EKSPO-2017" ko‘rgazmasining tantanali ochilishi marosimida ishtirok etadi.