Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning joriy yilning 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga taşrifi çoğida Buxoro viloyatida Mir Arab oliy madrasasini taşkil qiliş böyiça körsatmalar berilgan edi.

Kun.uz’ga Adliya vazirligining xabar berişiça, berilgan körsatmalarga asosan Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Mir Arab oliy madrasasi taşkil qilinib, 2017 yil 7 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qisqa muddatda davlat röyxatidan ötkazildi.

Uşbu diniy ta'lim muassasasining taşkil qilinişi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi Qonunda belgilangan fuqarolarning vijdon erkinligi hamda diniy ta'lim olişga bölgan huquqlarini amalga oşirişlari uçun yana bir imkoniyat böldi.

Şuningdek, mazkur quvonarli voqea 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan diniy bağrikenglikni ta'minlaş borasidagi amaliy harakatlarning mantiqiy davomçisi bölib hisoblanadi.

Şu munosabat bilan, Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy taşkilotlar boşqarmasi tomonidan Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Oliy madrasa rektori v.b Elov Jobir Rustamoviçga Oliy madrasaning davlat röyxatidan ötganligi töğrisida guvohnoma topşirildi va Oliy madrasaning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

 

Muftiy Usmonxon Alimov Özbekiston Respublikasi Prezidentining şaxsan taşabbusligida taşkil qilingan mazkur diniy ta'lim muassasasi oliy Islom bilim yurti hisoblanişini ta'kidlagan holda, uni Özbekiston xalqiga sof Islom dini asoslarini mukammal örganiş va mamlakatda diniy bağrikenglikning ta'minlanişida muhim ahamiyat kasb etişini bildirdi va mazkur ta'lim muassasasidan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Bahouddin Naqşband kabi Islom olamida şuhrat qozongan buyuk allomalar yetişib çiqişini tilab duo qildi.

Şu bilan birga, hozirgi vaqtda Buxoro viloyatida yangi taşkil qilingan Mir Arab oliy madrasasidan taşqari Mir Arab islom örta maxsus bilim yurti ham öz faoliyatini davom ettirib boradi.